Jamiyat | 15:13 / 20.09.2018
11523
1 daqiqa o‘qiladi

“O‘zbekkonsert” jonli ijroda kuylamoqchi bo‘lganlarni ochiq maydonga chaqiradi

Foto: KUN.UZ

“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi tashabbusi bilan joriy yilning 29 sentabr kuni poytaxtda joylashgan “Xalqlar Do‘stligi” san'at saroyi yonidagi bayroq ostida jonli ijroda gala konsert dasturi bo‘lib o‘tadi. Ushbu konsert dasturi xalq sayli tarzida o‘tkaziladi. Uni tomosha qilish bepul.

- Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan, jonli ijro etishni yaxshi ko‘radigan, san'atsevar o‘zbek xalqiga o‘z qo‘shiqlarini taqdim etishni istagan barcha xonandalar ushbu konsert dasturida ishtirok etishlari mumkin. Buning uchun muassasaga kelib uchrashishlari kerak bo‘ladi. Ayni damda unda yoshlar qo‘shiqlarini sevib tinglaydigan 10 nafar estrada xonandasi ishtirok etish istagini bildirdi, - deydi “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi rahbari Odil Abduqahhorov.

Ma'lumot uchun: Ushbu konsert dasturi 29 sentabr kuni, soat 19:00 da bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid