Jahon | 09:19 / 20.09.2018
20831
1 daqiqa o‘qiladi
Yuzlab fillar o‘z yetakchisi bilan vidolashishga keldi (video)
Shri-Lankadagi qo‘riqxonada guvohlar 300 ga yaqin fil o‘zining jon bergan yetakchisi bilan vidolashishga kelganini videoga olishdi. Video Newsflare portalida joylashtirilgan.
Video 16 sentabrda Anuradxapura shahri yaqinida suratga olingan. Fillar raqibi bilan olishuv oqibatida jon bergan to‘da boshlig‘i jasadini xartumlari bilan silab-silab qo‘yishgan.
Fillar to‘dasi ketgach, jonsiz fil yoniga uni o‘ldirgan fil qaytgan.
Fillarda o‘lim bilan bog‘liq o‘ziga xos “udum” bor. Ular o‘lgan fillar atrofida to‘planishib, ularga go‘yoki vidolashayotgandek xartumlari bilan tegib qo‘yishadi. Buning sababi hanuzgacha aniqlanmagan.
Mavzuga oid
21:03 / 27.09.2024
Botsvana ocharchilik tufayli 20 ming filni o‘ldirmoqchi
11:50 / 23.09.2024
Shri-Lankada so‘l kuchlar vakili prezident etib saylandi
23:46 / 13.09.2024
Shri-Lankada kapalak o‘g‘rilari 200 ming dollar jarimaga tortildi
17:13 / 22.08.2024