Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NASA ikki kun ichida Yerga o‘xshaydigan ikkita sayyorani aniqladi
Amerika kosmik agentligining TESS yo‘ldoshi ikki kun ichida Quyosh tizimi tashqarisida Yerga o‘xshash ikkita sayyora mavjudligini aniqladi. Bu haqda NASA’ning "Tvitter"dagi sahifasida ma'lum qilindi.
Birinchi sayyora 19 sentabr kuni topildi. Mutaxassislar uni Superer deb atashdi, u Yerdan 60 yorug‘lik yili masofada joylashgan Pi yulduzi atrofida aylanadi. NASA’dagilar sayyorada suv yoki gazlar mavjud deb taxmin qilishmoqda.
Ikkinchi sayyora 20 sentabr kuni aniqlandi. Uni Qaynoq yer deb atashdi. U Yerga nisbatan kattaroq bo‘lib, 49 yorug‘lik yili masofada joylashgan va LHS 3844 yulduzi atrofida aylanadi.
TESS yo‘ldoshi 2018 yil aprelda uchirilgan bo‘lib, u ekzosayyoralarni kashf etishga mo‘ljallangan.
Mavzuga oid
17:14 / 17.05.2025
NASA afsonaviy Voyager zondini 25 milliard kilometr masofadan ta’mirlashga muvaffaq bo‘ldi
01:03 / 08.05.2025
NASA 2026 yilda Marsga raketa uchirishi mumkin
23:59 / 03.05.2025
AQSh Xalqaro kosmik stansiyani moliyalashtirishni qisqartiradi
23:01 / 22.04.2025