Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadbirkorni aldagan firibgar ayol ushlandi
20 sentabr kuni Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanida jinoyat yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.
Ma'lum bo‘lishicha, shu tumanda yashovchi N.S. IIBga murojaat qilib, unda 2017 yil oktabr oyidan 2018 yil aprel oyigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida o‘zini “Akramova Mavluda” deb tanishtirgan noma'lum ayol unga Turkiya Davlatidan katta miqdorda tovar kelganligini va ushbu tovarlarni olib sotganidan so‘ng tushgan foydani bo‘lishishini aytib, aldash yo‘li bilan ishonchiga kirib, undan 152 mln. so‘m pulini olib garov tariqasida M.Akramovaga tegishli bo‘lgan uyning kadastr hujjatlarini berib va'dasini bajarmay yurganligini ma'lum qilgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Buxoro shahrida yashovchi muqaddam sudlangan N.H. ismli ayol sodir etganligi aniqlanib ushlandi.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
08:42 / 26.05.2025
Yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi
08:37 / 26.05.2025
Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
16:08 / 24.05.2025
82 milliard so‘mlik QQS tadbirkorlarga noqonuniy qaytarilgani aniqlandi – DXX
21:32 / 21.05.2025