Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari keskin kamaydi
Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasining oltin-valyuta zaxiralari to‘g‘risidagi ma'lumotni e'lon qildi.
Oltin-valyuta zaxiralarini hisoblash metodikasi Xalqaro valyuta jamg‘armasining standartlari asosida yuritiladi.
Oltin-valyuta zaxiralarining tarkibi xorijiy valyuta aktivlari va quyma shaklidagi monetar oltindan iborat.
Oltin-valyuta zaxiralarini samarali boshqarish maqsadida Markaziy bank tomonidan zaxiralarning yalpi va sof qiymatlari hisobi yuritiladi.
Yalpi oltin-valyuta zaxiralari 26,8 mlrd dollarni tashkil etdi (avgustda 27,3 mlrd dollar edi). Ulardan xorijiy valyutadagi aktivlar - 12,9 mlrd dollar (bir oy avval 13,5 mlrd dollar bo‘lgan), monetar oltin - 13,9 mlrd dollar (avgustda 13,7 mlrd dollar bo‘lgan).
Sof oltin-valyuta zaxiralari 25,9 mlrd dollarni tashkil etdi (bir oy avval 26,3 mlrd dollar bo‘lgan).
Markaziy bank izohiga ko‘ra, joriy yilning yanvar-avgust oylarida oltin-valyuta zaxiralarining pasayishi oltin narxining 1296,50 dan 1206,85 doll/tr.untsiyaga pasayishi hisobiga yuzaga keldi (narxning oltin-valyuta zaxiralarining kamayishga ta'siri - 970,4 mln dollar).
Joriy yilning avgust oyida oltin-valyuta zaxiralarining pasayishi oltin narxining 1219,20 dan 1206,85 doll/tr.untsiyaga pasayishi hisobiga yuzaga keldi (narxning oltin-valyuta zaxiralarining kamayishga ta'siri - 139,7 mln dollar).
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shveytsariya O‘zbekistonning asosiy eksport bozori bo‘lib qolgani, u yerga oltin sotilayotgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
18:42 / 07.04.2025
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qariyb 48 mlrd dollarga yetdi
13:17 / 08.01.2025
O‘zbekiston va Pokiston davlat zaxiralarini shakllantirish yo‘nalishidagi hamkorlikni muhokama qildi
11:01 / 08.01.2025
2024 yilda O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari 6,6 mlrd dollarga ko‘paydi
18:58 / 07.12.2024