Jahon | 18:46 / 22.09.2018
28813
1 daqiqa o‘qiladi
"Haqiqiy ninza": yonut to‘qqizinchi qavatdan o‘zini yerga tashlab tirik qoldi
Nyu-Jyersida baland binoning devori bo‘ylab to‘qqizinchi qavatgacha ko‘tarilgan va o‘zini yerga tashlab tirik qolgan yonut mahalliy aholi va sayyohlarning e'tiborini tortdi. Jonivorning xavfli sakrashi voqea guvohlari tomonidan videoga olindi va ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirildi.
Fox29 telekanalining ma'lum qilishicha, yonut bino devori bo‘ylab yuqoriga ko‘tarila boshlaganidan so‘ng atrofda odamlar yig‘ila boshlagan va uni qutqarish yo‘llarini izlashgan.
Lavhada yonutning balandlikdan qulashi aks etgan: u o‘zi sakrashga qaror qilganmi yoki devorda ortiq qapishib tura olmaganmi noma'lum.
Jonivor yerga tushganidan so‘ng hech narsa bo‘lmagandek yugurib ketgan.