Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Petronas O‘zbekistonga qaytmoqchi
Malayziyaning Petroliam Nasional Bhd (Petronas) kompaniyasi O‘zbekistondagi faoliyatini davom ettirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda «Dunyo» AA Bernama axborot agentligiga asosan yozmoqda.
Malayziya nashri materialida ta'kidlanishicha, mamlakatlar o‘rtasidagi ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalar va investitsion hamkorlik tufayli mamlakat neft va gaz sohasida Petronas ishtirokining tiklanishi tufayli yanada kengaytiriladi. Muallifning fikriga ko‘ra, Petronas’ning O‘zbekiston bozoriga qaytishi «vaqt talabi»dir.
2013 yil o‘rtalarida Malayziya kompaniyasi Ustyurt mintaqasi Urga, Quanish va Akchalak guruhi konlarini o‘zlashtirishda mahsulot taqsimlash haqidagi kelishuv hamda Surxondaryo viloyatidagi Boysun investitsion bloki konlarini o‘zlashtirish bo‘yicha mahsulotni taqsimlash to‘g‘risidagi kelishuvdan chiqishi haqida O‘zbekistonni xabardor qildi. Keyingi yil kompaniya O‘zbekistondagi vakolatxonasini yopdi.
Mavzuga oid
14:50 / 13.05.2025
Toshkent viloyatida Malayziya vakillari uchun maxsus sanoat zonasi tashkil etilyapti
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
12:42 / 01.05.2025
Malayziya O‘zbekistonda ekspluatatsiyadan chiqqan vagonlarni ta’mirlaydi
08:35 / 14.04.2025