Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prokuratura xodimiga pora taklif qilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Hazorasp tuman prokurorining katta yordamchisi lavozimida ish o‘rganuvchi A.Po‘latov viloyat prokurori nomiga bildirgi bilan murojaat qilib, unda Xazorasp tumanidagi «Davlatyorov Yo‘ldosh Bekturdi» fermer xo‘jaligi faoliyatida qonun buzilishi holatlari aniqlanganligi sababli, fermer xo‘jaligining norasmiy rahbari Y.Bekturdiyev ushbu holatni uning foydasiga hal qilib berish evaziga 3000 AQSh dollari taklif qilganligini bildirgan.
Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu bildirgi asosida Xorazm viloyat prokuraturasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Y.Bekturdiyev A.Po‘latovga uning xizmat xonasida 2000 AQSh dollarini pora tariqasida bergan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Y.Bekturdiyevga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 211 moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq prokurorga pora taklif qilgan shaxs ushlangandi.
Mavzuga oid
08:37 / 26.05.2025
Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
20:04 / 22.05.2025
Xorazmda soliq inspektoriga, Qashqadaryoda esa sud ekspertiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
12:36 / 24.04.2025
Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti poraxo‘rlikda ayblanmoqda
10:53 / 22.04.2025