Jahon | 17:00 / 23.09.2018
29448
1 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an Suriya kelajagi uchun eng katta xavfni aytdi

Mike Hutchings/Pool Photo via AP

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Suriyadagi Frot daryosining sharqiy qirg‘og‘ini eng xavfli hudud deb atadi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu hududda Suriya kurdlarining o‘z-o‘zini mudofaa qilish kuchlari nazorat o‘rnatgan.

«Ayni vaqtda bu terrorchilik botqog‘i Suriya kelajagi uchun eng katta xavf hisoblanadi», degan Erdo‘g‘an.

U bu «botqoq» Anqaraning ayrim ittifoqchilari ko‘magi bilan kengayib borayotganini ta'kidlagan. Prezident bu so‘zlari bilan Qo‘shma shtatlar Suriyadagi muxolifatchi kurdlarni qo‘llab-quvvatlashiga ishora qilgan.

Mavzuga oid