Sport | 22:10 / 23.09.2018
8315
7 daqiqa o‘qiladi

Superligada tur yakunlari. Markaziy o‘yinda «Lokomotiv» «Bunyodkor»ni yengdi, «Navbahor» Namanganda ochko yo‘qotdi

Foto: PFL matbuot xizmati

Bugun, 23 sentabr kuni O‘zbekiston Superligasining 2-bosqich 24-tur uchrashuvlari davom etdi.

Turning markaziy uchrashuvi Toshkent derbisi maqomida kechdi. Chempionlik uchun kurashayotgan ikki jamoa — «Lokomotiv» va «Bunyodkor» to‘qnashuvida mezbonlar g‘alaba qozonishdi.

O‘yinning 3-daqiqasidayoq Temurxo‘ja Abduxoliqov hisobni ochdi. 35-daqiqada «Bunyodkor» futbolchisi Xurshid G‘iyosov javob golini urdi. Ikkinchi bo‘lim boshida, o‘yinning 48-daqiqasida Husniddin G‘ofurov «Lokomotiv»ni yana hisobda oldinga olib chiqdi.

O‘yinda boshqa gol urilmadi «temiryo‘lchilar» navbatdagi 3 ochkoni qo‘lga kiritib, 24 ochko to‘plagan holda turnir jadvalida yana birinchi o‘ringa qaytdi. «Bunyodkor» 17 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda qolmoqda.

«Navbahor» esa kutilmaganda Namanganda ochko yo‘qotdi. Bekobodning «Metallurg» klubiga qarshi kechgan o‘yinda hisob ochilmasdan qoldi.

«Navbahor» chempionlik guruhida 21 ochko bilan 3-o‘rinda qoldi, «Metallurg» esa 10 ochko bilan 5-o‘rinni band etib turibdi.

Tur doirasidagi yana bir uchrashuv Olmaliqda kechdi. Superligada qolish uchun kurashayotgan OGMK Jizzaxning «So‘g‘diyona» klubini qabul qilib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Endilikda olmaliqlar 16 ochko bilan qolish uchun kurashayotganlar guruhida uchinchi o‘ringa ko‘tarilgan, jizzaxliklar esa 10 ochko bilan oxirgi o‘rinda joylashgan.

Pepsi Superliga
24-tur
23 sentabr, yakshanba

«Lokomotiv» – «Bunyodkor» 2:1
Gollar: 1:0—3 Abduxoliqov, 1:1—35 G‘iyosov, 2:1—48 G‘ofurov.
«Lokomotiv»: Ignatiy Nesterov, Kaxi Maxaradze (Diyorjon Turopov, 80), Islom To‘xtaxo‘jayev, Oleg Zoteyev, Anzur Ismoilov, Ikrom Aliboyev, Igor Yyelich, Shuhrat Muhammadiyev, Sanjar Shoahmedov, Husniddin G‘ofurov (Aziz Amonov, 63), Temurxo‘ja Abduxoliqov (Alisher Shog‘ulomov, 75).
«Bunyodkor»: Suxrobjon Sultonov, Rustamjon Ashurmatov, Akramjon Komilov, Dilshod Jo‘rayev, Dilshodbek Ahmadaliyev, Javlon Ibrohimov, Shahzodbek Nurmatov (Filipp Rayyevats, 71), Murodjon Toshmatov, Sardor Sobirxo‘jayev, Xurshid G‘iyosov (Mirjahon Mirahmadov, 83), Mirjamol Qosimov (Abdulla Abdullayev, 63).

«Navbahor» – «Metallurg» 0:0
«Navbahor»: Akbar To‘rayev, Igor Golban, Oston O‘runov, Sherzod Karimov (Azamat  Allaniyozov, 62), Azizbek Turg‘unboyev, Mirzohid G‘ofurov, A'zamjon Aliyev, Davron Hoshimov, Darko Nikach (Sardor Sulaymonov, 72), Jahongir Mehmonov, Darko Stanoyevich (Ayubxon No‘'monov, 62).
«Metallurg»: Javohir Ilyosov, Abbos Otaxonov, Islombek Isoqjonov, Zohid Abdullayev, Davronbek Umirov, Stanislav Andreyev (Muhammad Isayev, 56), Andrey Shipilov (Zabixillo O‘rinboyev, 46), Sherzod Fayziyev, Akbarjon Ismatullayev, Abror Husinov, Zafar To‘rayev (Jasur Hasanov, 70).
Ogohlantirishlar: Mirzohid G‘ofurov 27, Stanislav Andreyev 32, Davron Hoshimov 69, Zafar To‘rayev 69, Zohid Abdullayev 90+2.

OGMK – «So‘g‘diyona» 2:0
Gollar: 1:0—45, penalti Jokich, 2:0—54 Polvonov.
OGMK: Roman Abdulov, Abduqahhor Xojiakabarov, Azamat Isroilov, Zafar Polvonov (Milosh Trifunovich, 65), Jasur Hasanov, Lutfulla To‘rayev, Zohir Pirimov (G‘ulom-Haydar G‘ulomov, 90), Vladimir Bubanya, Vladislav Kasminin, Yovan Jokich, Oybek Qilichev (Muzaffar Muzaffarov, 71)
«So‘g‘diyona»: Shirinboy Abdullayev, Sardor Azimov, Shohruz Norxonov (Shohjahon Hasanov, 70), Shahboz Jo‘rabekov, Tohir Shamsiddinov, Sanjar Rashidov (Nurillo To‘xtasinov, 59), Izzatilla Abdullayev (Sernas Darvidas, 46), Kim Dong Xi, Milosh Simonovich, Nikola Milinkovich, Nuriddin Hasanov. 
Ogohlantirishlar: Kim Dong Xi (30), Tohir Shamsiddinov (38), Sardor Azimov (51) -Vladimir Bubanya (85). 

Shanba kungi o‘yinlar

22 sentabr kuni ham O‘zbekiston Superligasining 2-bosqich 24-tur uchrashuvlari doirasida uchta bellashuv bo‘lib o‘tgandi.

Superligada qolish uchun kurashayotgan «Neftchi» o‘z uyida Qarshining «Nasaf» jamoasini 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Chempionlik uchun kurashayotgan «Paxtakor» esa o‘z maydonida «Buxoro» ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

«Qizilqum» esa o‘z maydonida «Qo‘qon-1912»ga qarshi bahs olib bordi va kichik hisobda g‘alabaga erishdi. 

22 sentabr, shanba
«Neftchi» – «Nasaf» 3:1

Gollar: 1:0—7 Avazbek O‘lmasaliyev, 1:1—21 Islom Rashidxonov, 2:1—42 Sherzod Hakimov, 3:1—61 Doston Toshmatov.
Neftchi: 12.Muzaffar Abdullayev, 3.Shukurali Po‘latov (s), 14.Abrorbek Ismoilov, 18.Andrey Sidorov (23.Abduraxmon Abdulxaqov, 46), 19.Avazbek O‘lmasaliyev (45.Avazxon Mamatxo‘jayev, 87), 20.Husniddin G‘ofurov, 40.Boburbek Yuldashev, 44.Dostonbek Toshmatov, 65.Shodiyor Hojimatov, 91.Sherzod Hakimov (7.Murodbek Bobojonov, 72), 95.Dostonbek Tursunov.
Nasaf: 35.Sanjar Quvvatov, 4.Maqsud Karimov (18.Bobir Davlatov, 74), 7.Odiljon Hamrobekov, 9.Amirjon Safarov, 10.Bobir Abduxoliqov, 14.Sharof Muhitdinov, 17.Doniyorjon Narzullayev (15.Dilshod Saitov, 74), 27.Islom Rashidxonov, 31.Saydullo Rahmatov (Xurshidbek Muxtorov, 81), 38.Akmal Mozgovoy, 92.Umarbek Eshmurodov.
Ogohlantirishlar: Akmal Mozgovoy 54.

«Paxtakor» – «Buxoro» 2:1
Gollar: 1:0—58, penalti Ismoil Gonsalvesh, 2:0—60 Farrux Sayfiyev, 2:1—80 Shahboz Erkinov.
«Paxtakor»: Eldorbek Suyunov, Farrux Sayfiyev, Yegor Krimes, Sherzod A'zamov (s), Akmal Shorahmedov, Azim Ahmedov, Dilshod Rahmatullayev, Jaloliddin Masharipov (Igor Sergeyev, 90), Ismoil Gonsalvesh (Jasur Yaxshiboyev, 82), Dragan Cheran (Jamshid Iskanderov, 76), Tiago Bezerra
«Buxoro»: Asilbek Omonov, Boburjon Omonov (Qahramon Bahodirov, 56), Salamat Quttiboyev, Shavkat Salomov (Arslonmurod Omonov, 62), San'at Shixov, Behruz Shodmonov, Akobir To‘rayev (Shahboz Erkinov, 46), Shavkat Mullajonov, Ergash Ismoilov, Mirjalol Jumayev, Javohir Qahramonov
Ogohlantirishlar: Akobir To‘rayev 22, Shavkat Salomov 33, Qahramon Bahodirov 63, Shahboz Erkinov 79.

«Qizilqum» – «Qo‘qon-1912» 1:0
Gol: 1:0—85 Alisher Sanayev.
«Qizilqum»: Yevgeniy Cheremisin, Erkin Boydullayev, Alisher Sanoyev, Fayzulla Qambarov, Artur Gevorkyan (Samandar Shodmonov, 90+3), Muhsin Ubaydullayev, Sherali Jo‘rayev, Elguja Grigalashvili, Eldor Boymatov, Ivan Nagayev, Salim Mustafoyev.
«Qo‘qon-1912»: O‘tkir Yusupov, G‘iyos Komilov (Firdavs Asadov, 89), Javohir Siddiqov, Oybek Rustamov (Bahodir Akramov, 67), Quvondiq Ro‘ziyev, Suhrob Berdiyev (Muhammadanas Hasanov, 77), Murod Xolmuhammedov, Aleksandr Merzlyakov, Marko Milich, Jasur Hakimov, Iqbol Malikjonov. 
Ogohlantirishlar: Sherali Jo‘rayev (20), Erkin Boydullayev (41), Ivan Nagayev (65) - Oybek Rustamov (57), Aleksandr Merzlyakov (88). 
Chetlatish: Ivan Nagayev (88, 2SK).

 

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid