Jahon | 21:55 / 23.09.2018
5211
1 daqiqa o‘qiladi

Telekommunikatsiya sohasida Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan olim vafot etdi

Xitoylik, britaniyalik va amerikalik injyener-fizik, fizika bo‘yicha Nobel mukofoti laureati Charlz Kao Hongkongda 84 yoshida olamdan o‘tdi, deb xabar beradi Sinxua agentligi.

2004 yilda professorda Altsgeymer kasalligi aniqlangan edi. 2010 yilda u xotini bilan shunday xastalikka chalingan kasallarga yordam berish jamg‘armasini tashkil qildi. Bu bilan jamoatchilikning e'tiborini bu og‘ir kasallikka qaratishga urindi.

Charlz Kao ko‘p yillar davomida optik-tolali texnologiyalarni ishlab chiqish bilan shug‘ullandi va telekommunikatsiyalar sohasining rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shdi.

2009 yilda u «Optik aloqa uchun yorug‘likni tolalar orqali uzatish sohasidagi novatorlik yutuqlari» uchun Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan edi.

Mavzuga oid