Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi Zelandiyadagi supermarketlar tarmog‘ida sotilgan qulupnaylardan igna topildi
Yangi Zelandiyaning Oklend shahridagi Countdown tarmog‘i do‘konida Avstraliyadan keltirilgan qulupnaylar partiyasida ignalar borligi aniqlandi. Choice brendi ostidagi qulupnay uch tarmoq — Countdown, SuperValue va FreshChoice'dan qaytarildi.
Supermarket mijozlarni iste'mol oldidan qulupnaylarning ichini ochib ko‘rish zarurati haqida ogohlantirdi hamda ularga mevalarni qaytarish imkonini berdi.
"Xaridorlar xotirjamlik uchun uylaridagi Choice brendi ostidagi qulupnaylarni qaytarishlari mumkin. Ularga kompensatsiya beriladi", deb yozilgan Countdown tarmog‘ida.
Countdown tarmog‘i shuningdek voqeani o‘rganish maqsadida Yangi Zelandiya va Avstraliya hukumatlari bilan bog‘landi. Tarmoq vakili ignali qulupnaylar aniqlangan do‘konlar manziliga aniqlik kiritmadi. Shu bilan birga, ignalarni xaridor aniqlaganmi yoki do‘kon xodimi - noaniq.
Mavzuga oid
15:15 / 22.04.2025
Qulupnaychilar qishlog‘i: O‘qchidan reportaj
21:05 / 02.04.2025
Yangi Zelandiyada politsiya xatosi sabab 11 yoshli qiz ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirildi
11:14 / 31.01.2025
Yangi Zelandiyadagi Taranaki tog‘i yuridik shaxs deb tan olindi
22:08 / 19.12.2024