Jahon | 16:57 / 24.09.2018
9571
2 daqiqa o‘qiladi

Britaniyaliklarni navbatdagi «zaharlanish» voqeasi cho‘chitib yubordi

Foto: Global Look Press

23 sentabr kuni London markazida hushsiz holatda yotgan erkak va ayol topilgan. Shu sabab politsiya ko‘chadagi harakatlarni to‘xtatgan. Bu haqda The Sun xabar bermoqda. 

Voqea joyiga oq kiyimli kriminalistlar yetib kelgan. Ma'lumotlarga ko‘ra, ular erkak va ayol zaharlanganmi yo‘qmi, shu yuzasidan tekshiruv o‘tkazishgan.  

Keyinroq zaharlash xavfi mavjud bo‘lgani haqidagi ma'lumot tasdiqlanmagan. Huquq tartibotchilari jurnalistlarga juftlik narkotik ta'sirida hushsiz bo‘lishganini aytishgan. Ularni shifoxonaga olib ketishgan.

Ma'lumot o‘rnida: Angliyaning Solsberi shahrida 16 sentabr kuni zaharlanish bilan bog‘liq yana bir voqea sodir bo‘ldi. Politsiya shahardagi Prezzo restoranida ikki kishining zaharlangani haqida ma'lum qilgandi. The Sun nashri ushbu voqeada jabr ko‘rgan er-xotin strixin og‘usi bilan zaharlangan bo‘lishi mumkinligini aytgan

Mavzuga oid