Jamiyat | 14:16 / 24.09.2018
7993
2 daqiqa o‘qiladi

Yengil avtomashina olib berishni va'da qilib 22 kishini chuv tushirgan shaxs qo‘lga olindi

Foto: KUN.UZ

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departament organlari tomonidan o‘tkazilgan tekshirishlar davomida firibgarlikni kasb qilib olgan fuqaro Rustam Qo‘chqorov qilmishlari fosh bo‘ldi, deb yozmoqda O‘zA.

Muqaddam sudlangan fuqaro Rustam Qo‘chqorov “BUXARA BIZNES TRANS PLYUS”, “REAL AVTO HAUS” va “TURON TRANS AVTO KREDIT” mas'uliyati cheklangan jamiyatlarini tashkil qilgan.

Rustam Qo‘chqorov uchun odamlarni aldash qiyin kechmadi. U jinoiy sheriklari bilan til biriktirib, mashina sotib olish maqsadida murojaat qilgan 22 nafar fuqaro hamda tadbirkorlar bilan soxta shartnomalar tuzishga kirishib ketdi. Narx-navo kelishilib, shartnoma imzolangach, ish bitdi, tamom qabilida shartnomalarni yirtib tashlab yo‘qotib yuboravergan.

U lizing asosida “GM-Uzbekistan” AJda ishlab chiqarilgan yengil avtomashinalarni olib berishni va'da qilib, firibgarlik yo‘li bilan katta miqdorda pullarni qo‘lga kiritdi. Ushbu pullarni jamiyatning nazorat kassa mashinkasi orqali kirim ham qilmadi, bankka ham topshirmadi. Allaqachon axlat qutisiga tushgan shartnoma shartlari havoda muallaq qolib ketaverdi.

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentning Buxoro shahar bo‘limi tomonidan aniqlangan ushbu holat yuzasidan fuqaro Rustam Qo‘chqorov va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid