Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev missiyasini yakunlayotgan AQSh elchisini orden bilan taqdirladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24 sentabr kuni mamlakatimizdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Amerika Qo‘shma Shtatlarining Favqulodda va muxtor elchisi Pamela Spratlenni qabul qildi.

«Davlatimiz rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, AQSh elchisi ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli O‘zbekiston – AQSh aloqalarini izchil rivojlantirish va mustahkamlashga salmoqli hissa qo‘shganini ta'kidladi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Oliy darajadagi muloqotlar va O‘zbekiston Respublikasi prezidentining joriy yil may oyida Amerika Qo‘shma Shtatlariga rasmiy tashrifining samarali natijalari ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarining yangi davri uchun mustahkam zamin yaratgani qayd etildi.
Tomonlarni qiziqtirgan barcha masalalar bo‘yicha konstruktiv siyosiy muloqot yo‘lga qo‘yildi. Parlamentlararo aloqalar faollashdi.
Savdo-iqtisodiy hamkorlik kengaymoqda. Fan, ta'lim va madaniyat sohalarida, shuningdek, hududlararo hamkorlik rivojlanmoqda.
AQSh elchisi O‘zbekiston rahbariga samimiy qabul uchun chuqur minnatdorlik bildirdi. Amerika Qo‘shma Shtatlari ikki tomonlama munosabatlarni izchil rivojlantirishga alohida ahamiyat qaratayotgani, uning mamlakatimiz bilan ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirishga intilishi qat'iy ekani qayd etildi.
Uchrashuv yakunida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga qo‘shgan katta hissasi uchun AQShning Favqulodda va muxtor elchisi Pamela Spratlen «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlandi.

Mavzuga oid
06:15 / 20.08.2023
Shavkat Mirziyoyev Budapeshtda Viktor Orban bilan uchrashuv o‘tkazdi
20:36 / 18.08.2023
Prezident tadbirkorlar uchun qanday yengilliklarni e’lon qildi?
14:23 / 18.08.2023
«Kudbiyev degan kattakon, senga baho bu» - Shavkat Mirziyoyev qarsak chalgan tadbirkorlar soliqchilardan noroziligi haqida
22:34 / 28.05.2021