Trampning hokimiyatdan chetlashtirilmoqchiligi haqidagi “mish-mishlar” rad etildi

Foto: REUTERS
AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeyli OAVda AQSh bosh prokurori va adliya vazirining birinchi o‘rinbosari Rod Rozenstayn AQSh prezidenti Donald Trampni hokimiyatdan chetlashtirish fikrini bildirgani haqidagi axborotga izoh berdi.
Xeyli ABC telekanali efirida bunday gaplarni tuturiqsiz va AQSh ma'muriyatida biror kimning Trampni “kasbiy yaroqsizligi” sababli chetlatishga urinishini imkonsiz deb atagan.
“Men hech qachon bu haqda eshitmaganman va ma'muriyat a'zolari haqida gapirilsa, buning haqiqatga aloqasi bor, deb o‘ylamayman”, deb ta'kidlab o‘tgan Xeyli.
Uning ta'kidlashicha, ma'muriyatda hech kim prezidentning ruhiy sog‘ligi yoki biror shunday holatni savol ostiga qo‘ymagan.
Avvalroq The New York Times nashri Rozenstayn Tramp boshchiligidagi ma'muriyat “qanday xaosda qolganini” ko‘rsatish uchun Oq uy rahbarining suhbatlari audioyozuvini qilmoqchiligini ma'lum qilgan. Rozenstayn go‘yoki Trampdan hokimiyatning vitse-prezident Maykl Pens foydasiga olib qo‘yilishini rejalashtirgan.
Mavzuga oid

10:21 / 13.01.2021
Maykl Pens Trampni hokimiyatdan chetlatishdan bosh tortdi

12:06 / 10.01.2021
Pens Trampga impichment e'lon qilinishi mumkinligini istisno etmadi

22:28 / 07.01.2021
Trampni tartibsizliklardan ko‘ra Pensning Bayden g‘alabasini tan olishi ko‘proq tashvishga soldi – OAV

20:53 / 05.07.2020