AQShda zaharli ikki boshli ilon topildi
AQShning Virjiniya shtati Vudbrij shahrida yashovchi ayol o‘z bog‘ida ikki boshli noyob ilonni topib oldi. Bu haqda The Washington Post yozmoqda.
Mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot davomida shu narsa aniqlandiki, ilonning chap boshi ustun bo‘lib, o‘zini nisbatan faolroq tutgan va tashqi qo‘zg‘atuvchilarga tezroq reaksiya bildiradi. U yerda traxeya (nafas olish yo‘llari, bo‘g‘iz) yaxshiroq rivojlangan, o‘ng qismda esa qizilo‘ngach yaxshiroq shakllangan. Ta'kidlanishicha, ikkala boshda ham zahar bor.
Shu bilan birga, ilonda bir yurak va bir juft o‘pka mavjud.
Biologlarning ma'lumotlariga ko‘ra, ikki boshli ilonlar tabiatda juda kam uchraydi. Ilgari qayd etilgan holatlarning aksariyati maxsus saqlash joylarida kuzatilgan.
Mavzuga oid
21:00 / 21.11.2024
AQSh–Xitoy ziddiyati va Tayvan omili: Trampdan nima kutish mumkin?
11:15 / 21.11.2024
Putin Tramp bilan Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishni muhokama qilishga tayyor - Reuters
10:46 / 21.11.2024
AQSh Ukrainaga yangi harbiy yordam ajratilishini e’lon qildi
10:31 / 21.11.2024