Dorilarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi takomillashtirildi
Dori vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi va ularning aylanishini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi. KUN.UZ muxbiri hukumatdagi manbasiga asoslanib, shu haqida xabar berdi.
Qarorga muvofiq, dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish natijalari O‘zbekistonda tan olinadigan mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi.
2018 yil 1 noyabrdan boshlab:
• dori vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi guvohnomasini (uning dublikatini) berish to‘g‘risidagi talab bekor qilinadi;
• davlat tashkilotlari davlat xizmatlarini ko‘rsatishda dori vositalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ko‘chirmani tegishli reyestrdan mustaqil ravishda elektron shaklda oladi.
Dorixonalar va uning filiallariga “angro” mahsuloti — yirik qadoqda ishlab chiqariladigan va sotiladigan, shuningdek, keyinchalik tayyor dori vositalarini ishlab chiqarish (tayyorlash) uchun ishlatiladigan dori vositalarini sotish huquqi berildi.
Bunda “angro” mahsuloti maxsus uskunadan foydalangan holda dorixona sharoitida qadoqlangan, o‘ralgan va markirovka qilingan bo‘lishi kerak.
Tibbiyot muassasalari, shu jumladan davlat tibbiyot muassasalariga “angro” mahsulotini dori vositalarini saqlash va tarqatish tartibiga rioya qilgan holda sotib olishga ruxsat etiladi.
Dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish natijalari O‘zbekiston Respublikasida tan olinadigan mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar ro‘yxati quyida keltirilgan:
I. Mamlakatlar
1. Avstraliya Ittifoqi
2. Belgiya Qirolligi
3. Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi
4. Germaniya Federativ Respublikasi
5. Daniya Qirolligi
6. Isroil Davlati
7. Irlandiya Respublikasi
8. Ispaniya Respublikasi
9. Italiya Respublikasi
10. Kanada
11. Koreya Respublikasi
12. Niderlandlar Qirolligi
13. Norvegiya Qirolligi
14. Sloveniya Respublikasi
15. Amerika Qo‘shma Shtatlari
16. Finlyandiya Respublikasi
17. Fransiya Respublikasi
18. Shveytsariya Konfederatsiyasi
19. Shvetsiya Qirolligi
20. Yaponiya
II. Xalqaro tashkilotlar
1. Yevropa dori vositalari agentligi (YeMA)
Mavzuga oid
11:18 / 27.11.2024
Milliy simfonik orkestri xodimlari maoshi oshiriladi
15:13 / 07.11.2024
Fuqarolar saqlashi taqiqlangan yovvoyi hayvonlar ro‘yxati tasdiqlandi
09:55 / 15.10.2024
Avtobus yo‘laklarida boshqa transportlarning harakatlanishi ustidan nazorat kuchaytirildi
07:16 / 20.08.2024