Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ostonada NUR.KZ yangiliklar saytining ayol jurnalisti o‘ldirib ketildi
Qozog‘iston poytaxti Ostonada NUR.KZ yangiliklar saytining jurnalisti Irina Beketova o‘ldirib ketildi.
Jurnalistning o‘ldirilishi sababi va tafsilotlari aniqlashtirilmoqda. Ayolning ortidan u yolg‘iz tarbiyalagan 4 nafar norasida farzandi va keksa ota-onasi qolgan.
“Ostona politsiyasi tomonidan 34 yoshli ostonalik erkak 37 yoshli ayolning sog‘lig‘iga o‘limga olib kelgan og‘ir jarohatlar yetkazgani o‘rganilgan. Gumonlanuvchini ushlash bo‘yicha barcha choralar ko‘rilmoqda. Tegishli ekspertizalar belgilangan. Sudgacha tergov o‘tkazilmoqda”, deb ma'lum qilingan Ostona ichki ishlar departamentida ushbu qotillik yuzasidan.
“Biz bu fojiali voqeadan karaxt holga tushdik va hamkasbimizning yaqinlariga hamdardlik bildiramiz. NUR.KZ jamoasi siz bilan birga qayg‘uda. O‘z tomonimizdan Irinaning oilasiga moddiy yordam ko‘rsatamiz”, deb aytgan sayt direktori Quvvat Baxridinov.
Mavzuga oid
15:18 / 09.05.2025
"Ostona–Turkiston–Samarqand" yo‘nalishida yangi aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi
16:03 / 30.01.2025
Ostona va Toshkent o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 4 mlrd dollardan oshdi
16:46 / 03.01.2025
Qozog‘istonda yuzlab avtomobillar ishtirokida yirik YTH sodir bo‘ldi
20:39 / 28.12.2024