Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenko BMTda rossiyalik jurnalistlar yonidan “yolg‘on xabarlar” deb o‘tib ketdi
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko BMT binosida rossiyalik jurnalistlarning Donbassda tinchlikparvar kuchlari joylashtirilishi haqidagi savoliga “yolg‘on xabarlar” deb o‘tib ketgan.
“Rossiya-24” telekanali jurnalistlari BMT kuluarlarida videomaterial tayyorlashayotganda ular yonidan Ukraina prezidenti o‘tib qolgan. Shunda telekanal muxbiri Poroshenkodan uning Donbassda tinchlikparvar kuchlar joylashtirilishi bo‘yicha tashabbusi haqida so‘ragan. Shu payt Poroshenkoni boshqa jurnalistlar ham qurshab olgan.
Poroshenko yo‘lida davom etib, kameraga oxirgi vaqtda AQSh prezidenti Donald Trampning eng ko‘p ishlatuvchi iboralaridan biri – “feyk-nyus”, ya'ni “yolg‘on xabarlar” deb aytib, muzokaralar xonasiga kirib ketgan.
Avvalroq BMTning Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohida o‘tayotgan Bosh assambleyaning 73-sessiyasi davomida Poroshenko Yevropa davlatlari yetakchilari bilan Donbassga BMT tinchlikparvar kuchlarini jo‘natish imkoniyatini muhokama qilgan.
Mavzuga oid
22:04 / 22.05.2025
Putin Donbassga bormoqchi. Urush muzokaralari fonida
10:48 / 22.05.2025
BMT G‘arbiy sohilda diplomatlarga qarata o‘q uzilganini qoraladi
21:49 / 21.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
20:16 / 20.05.2025