Fan-texnika | 11:38 / 27.09.2018
8037
2 daqiqa o‘qiladi

7 yoshli bola iPhone uchun yangilangan iOS 12’ni buzib kirdi

Foto: Getty Images

Yetti yoshli bola iPhone uchun yangilangan iOS 12 tizimining yangi xususiyatlaridan birida kamchilikni topdi. Bu haqda bolaning otasi, Reddit’ning PropellerGuy nikli foydalanuvchisi ma'lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bola «Ekran vaqti» funksiyasi cheklovlarini chetlab o‘tishga muvaffaq bo‘ldi. U, boshqa narsalar qatorida, ota-onalarga bola qanchadan beri o‘yin o‘ynayotganini nazorat qilish imkonini beradi. O‘yin vaqti tugaganidan so‘ng, uning o‘g‘li dasturni o‘chirib yuborib, App Store’dagi «Xaridlar» bo‘limidan qayta o‘rnatgan va cheklovsiz o‘ynashni davom ettirgan.

Ota farzandi o‘yinlar uchun haddan tashqari ko‘p vaqt ajratayotganini payqab qolgan hamda faqatgina bir necha kundan so‘ng buning sirini so‘ragan. «Men hatto g‘azablanmayapman. Men hayratga tushdim», - deya ma'lum qildi u.

iOS 12 17 sentabr kuni chiqarildi. Yangilanishning aksariyati tezlik va ishni optimallashtirish bilan bog‘liq. Bundan tashqari, har haftada smartfon foydalanuvchi ilovalarda qancha vaqt o‘tkazganini ko‘rsatuvchi jadvalni tuzib chiqadi.

Mavzuga oid