Jahon | 16:18 / 27.09.2018
2856
1 daqiqa o‘qiladi

Assanj WikiLeaks’ga yangi bosh muharrir tayinladi

Foto: REUTERS/Peter Nicholls

WikiLeaks sayti asoschisi Julian Assanj portal bosh muharririni almashtirdi. Bu haqda tashkilotning tvitterdagi rasmiy sahifasida xabar qilingan.

Qayd etilishicha, portalga endi islandiyalik jurnalist Kristin Xrafnsson rahbarlik qiladi. Bundan avval u WikiLeaks’ning rasmiy vakili bo‘lgan hamda portalning huquqiy loyihalari bilan shug‘ullangan.

Aniqlik kiritilishicha, Julian Assanj portalga egalik qilishda davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Assanj haqida yangi ma'lumot paydo bo‘lgandi.

Ekvador hukumati 2017 yilda WikiLeaks asoschisi Julian Assanjni Moskvadagi elchixonaga diplomatik lavozimga tayinlashni rejalashtirgan, biroq Britaniyaning unga diplomatik daxlsizlik taqdim etishdan bosh tortgani tufayli bu qaror bekor qilingan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid