Jamiyat | 17:43 / 27.09.2018
22691
7 daqiqa o‘qiladi

Latviyaning yetakchi stomatologik klinikasidan breketsiz go‘zal tabassum endi O‘zbekistonda

Toshkentda Boltiqbo‘yi hududining yetakchi ortodontiya klinikalaridan biri «Concordia zobarstnieciba» o‘z filialini ochdi. Endi O‘zbekiston aholisi Amerikaning Align Technology kompaniyasining noyob texnologiyalari asosida Invisalign ko‘rinmas kappalar tizimi orqali tishlar va tishlovni to‘g‘rilash imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Foto: Concordia zobarstnieciba

 Joriy yilning 22 sentabr kuni Toshkentda o‘tgan "Concordia Dentistry" innovatsion ortodontiya va estetik stomatologiya markazining ochilish marosimida matbuot vakillari, kompaniyaning O‘zbekistondagi hamkorlari hamda mamlakatning ortodontiya, tishlarning gigiyenasi va davolash sohasidagi yetakchi mutaxassislaridan tashkil topgan klinika jamoasi ishtirok etdi. Ochilish marosimiga Rigadan tashrif buyurgan Boltiqbo‘yi davlatlarining TOP-3 yetakchi ortodontlaridan biri, tibbiyot fanlari doktori hamda Toshkent filiali kuratori Maris Grjibovskis quvonarli voqea haqida quyidagilarni aytib o‘tdi:

«Mana 5 yildirki Amerikaning Align Technology kompaniyasiga tegishli Invisalign tizimi yordamida tishlovni to‘g‘rilash va tishlarni tekislash bilan shug‘ullanib kelmoqdamiz. Ushbu vaqt davomida mutaxassislarimiz 350 dan ziyod bemorni davolashdi. Shu bilan birga, Riganing "Concordia zobarstnieciba» klinikasining 8 yillik faoliyati davomida 3500 ortiq breket-tizimlari va 700 dan ortiq boshqa turli xildagi ortodontik apparatlar o‘rnatilgan. Invisalign tizimi yordamida tishlovni davolashda Latviyada peshqadamlikni qo‘lga kiritganmiz va o‘z tajribalarimizni o‘zbek kasbdoshlarimizga yetkazib berishga tayyormiz. Bu esa O‘zbekiston aholisining eng ilg‘or tish tekislash tizimidan foydalanishiga imkon yaratib beradi. Klinikamiz eng so‘nggi texnikalar bilan jihozlangan va bular balandparvoz so‘zlar emas. Hozirgi kunda Markaziy Osiyo davlatlarida yagona bo‘lgan, noyob iTero skaneri bilan jihozlash uchun aynan Toshkent filiali tanlangan. Skaner og‘iz bo‘shlig‘ining tashxisini amalga oshirib, 3D formatida tishlovingizning raqamli modelini yaratadi hamda davolashdan keyin tabassumingiz qanday potensial ko‘rinishga ega bo‘lishini oldindan aniqlab beradi. Biz barcha sifat standartlariga rioya qilinishiga alohida yondashib, o‘zbekistonliklarga ular o‘z mamlakati chegarasidan chiqmagan holda Yevropa yoki Amerikadagi mijozlarimiz singari xuddi shunday xizmat sifatiga va natijalarga ega bo‘lishlarini kafolatlab beramiz», — deb ta'kidladi doktor Maris.

Foto: Concordia zobarstnieciba

Invisalign tizimi yordamida tishlovni to‘g‘rilash va tishlarni tekislash xizmati narxi har bir aniq holatga bog‘liq bo‘lib, og‘iz bo‘shlig‘ining tashxisidan so‘ng belgilanadi. Ushbu klinikada mavjud eng katta afzalliklaridan biri, klinika o‘z bemorlari uchun kreditor bo‘lib, davolash uchun to‘lovni bosqichma-boskich qoplashga yordam beradi.

Invisalign –  qanday ishlaydi?

Invisalign yordamida davolanish 2 haftada 1 marotaba almashtiriladigan individual, deyarli ko‘rinmaydigan, yechib olinadigan elaynerlar/kappalar to‘plamidan tashkil topgan. Bu muddat mobaynida elaynerlar tishlarni hisoblab chiqilgan holatgacha surib beradi, bundan keyin bemor ularni keyingi bir juft elaynerga almashtiradi.

Foto: Concordia zobarstnieciba

Amerikaning Align Technology kompaniyasining noyob dasturi ClinCheck® yordamida yaratilgan davolashning virtual rejasi korrektsiya paytida tishlaringizning harakatlanish yo‘nalishini ko‘rsatib beradi. Bu esa davolashni boshlamasdan turib, davolashning boshdan oxirigacha bo‘lgan yakuniy natijani ko‘rish imkoniyatini beradi.

Invisalign yordamida davolash muddati har bir bemor uchun individual ravishda aniqlanadi. Bu esa elaynerlaringizni qanchalik ko‘p taqishingizga, hayot tarzingizga va davolash maqsadingizga bog‘liqdir. Invisalign tizimi yordamida davolashni 7 yoshdan boshlab amalga oshirish mumkin bo‘lib, davolanish uchun yosh va jinsga hech qanday cheklashlar qo‘yilmagan.

Foto: Concordia zobarstnieciba

Klinikaning jihozlanishi

iTero skaneri – davolashni maksimal darajada aniq olib borish uchun tamoman raqamli ortodontik davolash jarayoni. Ilk tashrifingizdayoq skaner davolashdan keyingi tishlam va tishlar pozitsiyasini modulyatsiya qilib, sizning mukammal tabassumingizni namoyish etadi. Invisalign dasturi bemorlari uchun iTero skaneri orqali intra-oral skanerlash, xizmatning umumiy narxiga qo‘shilgan.

*Tashxis sifatida ushbu xizmatdan alohida foydalanishingiz ham mumkin.

Orthopulse – ushbu moslama davolash breketlar yoki kappalar (elaynerlar) orqali amalga oshirilishidan qat'iy nazar tishlarni tekislashni 50%gacha tushirib berishi mumkin.

Orthopulse – bu ko‘chma, yengil yechib olinadigan simsiz moslama bo‘lib, «fotobiomodulyatsiya» yoki nur terapiyasi deb nomlangan jarayonga asoslangandir. Bu past intensivlikka ega infraqizil nur texnologiyasini o‘zida aks ettirib, tishlarning harakatlanishiga sababchi bo‘ladi, natijada ortodontik davolash muddati qisqaradi. Bu jarayon tamoman havfsiz bo‘lib, hech qanday nojo‘ya ta'sirlarga ega emas. Davolash muddati mobaynida har kuni bir marotaba 10 daqiqa davomida uzluksiz seansni amalga oshirish lozim. Seansni bemor uchun qulay joyda va vaqtda amalga oshirish mumkin: uyda, ishga ketayotganda va hokazo. Orthopulse innovatsion moslamani sotib olish va undan foydalanish imkoniyati faqatgina "Concordia Dentistry" Toshkent klinikasi bemorlari uchun mavjud.

 Klinika haqida

Concordia Dentistry Toshkent Boltiqbo‘yi davlatlarining yetakchi ortodontiya klinikalaridan biri  Riganing «Concordia zobarstnieciba» klinikasi filialidir. Concordia Dentistry O‘zbekistondagi va butun O‘rta Osiyodagi yagona innovatsion ortodontiya klinikasidir.

Klinikada tishlamning korrektsiyasi va tishlarni tekislashning eksklyuziv, ultra zamonaviy tizimlari va metodikalari qo‘llaniladi. Tamoman raqamlashtirilgan ortodontik jarayon bemor uchun maksimal darajada aniq va qulay davolashni kafolatlaydi ("iTero" skaneri, Invisalign tizimi). «Concordia Dentistry» Toshkentda Rigadagi klinika bilan hamkorlikda Germaniyaning tishlov korrektsiyasi va muvozanatli davolashning NEURODONTICS noyob innovatsion usuliga asoslangan holda faoliyat yuritadi.

Klinika va ko‘rsatiladigan xizmatlar to‘g‘risidagi barcha ma'lumotlar haqida www.concordiaclinic.uz saytidan bilib olishingiz mumkin.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid