Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Utilizatsiyaga topshiriladigan transport vositalari DYHXX hisobidan chiqariladi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Foydalanishga yaroqsizligi aniqlangan avtomototransport vositalarini utilizatsiya va qismlarini realizatsiya qilishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining utilizatsiyaga topshiriladigan yoki realizatsiya qilish maqsadida qismlarga bo‘linadigan avtomototransport vositalarini Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlari hisobidan chiqarish haqidagi taklifi ma'qullanishi mumkin.
Majburiy texnik ko‘rikka taqdim etilmasdan kelinayotgan avtomototransport vositalarining hisobini yuritish, ularning foydalanishga yaroqliligini aniqlash, yaroqsizlarini hisobdan chiqarish, utilizatsiyaga qabul qilish yoki qismlarini realizatsiyaga qaratish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanishi va 2019 yil 1 yanvardan amalga kiritilishi mumkin.
Mavzuga oid
15:26 / 21.05.2025
Chexiya O‘zbekiston transport infratuzilmasi modernizatsiyasida ishtirok etadi
14:38 / 02.05.2025
O‘zbekiston yangi transport yo‘laklarini shakllantirishda YeI bilan hamkorlik qiladi
09:45 / 11.04.2025
Transportni piyodalar yo‘laklaridan yurgizganlik uchun javobgarlik belgilandi
11:43 / 10.04.2025