Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijon viloyati hokimi boshchiligidagi delegatsiya Penzada 23 million AQSh dollarilik eksport shartnomalarini tuzdi
Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov boshchiligidagi delegatsiya Rossiya Federatsiyasining bir qator viloyatlarida bo‘lib, mahalliy kompaniya va ishbilarmonlar bilan investitsiyaviy loyihalar olib kirish, o‘z mahsulotlarini eksport qilish borasida muzokaralar olib bormoqda.

.jpg)
Guruh a'zolari 23 sentabr kuni Stavropol o‘lkasida faoliyat yurituvchi “Ekokultura” korxonasi bilan Andijon viloyatida 52 million yevro investitsiya olib kirish loyihasi bo‘yicha meva-sabzavot mahsulotlarini yig‘ish, saqlash va qayta ishlash hududiy logistika markazini bunyod etish borasida shartnoma imzoladi.
.jpg)
.jpg)
27 sentabrda Shuhratbek Abdurahmonov yetakchiligidagi guruh Penza viloyati gubernatori Ivan Belozertsev bilan uchrashib, o‘zaro madaniy aloqalar, iqtisodiy va qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik borasida kelishib oldilar. Do‘stona o‘tgan muloqot davomida ikki viloyat o‘rtasida iqtisodiyot, ijtimoiy sohalar, ta'lim va sog‘liqni saqlash yo‘nalishlari bo‘yicha memorandum imzolandi.
.jpg)
Penzadagi uchrashuv davomida Andijonning trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaruvchi “Barchinoy”, “Konteks-Tashkent”, “Milano Tekstil” korxonalari, meva-sabzavot ishlab chiqaruvchi “Fruit eksport” jamiyati va tadbirkor A.Abdurazzoqov, “Ravon taraqqiyot orzusi” poyafzal ishlab chiqarish korxonalari mahalliy ishbilarmonlar bilan o‘z mahsulotlarini eksport qilishga 23 million AQSh dollari miqdoridagi shartnoma imzoladi.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025