Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aziz Abduhakimov Xalqaro turizm kuni munosabati bilan soha vakillarini qutladi
27 sentabr Xalqaro turizm kuni jahonning aksariyat mamlakatlarida keng nishonlanadi. Bu yil ushbu bayram O‘zbekistonda ham katta tantana bilan nishonlandi. Jumladan, shu kuni ta'lim muassasalarida o‘quvchilar bilan turizm haqida suhbatlar uyushtirildi, joylarda turizm yo‘nalishlariga doir qator tadbirlar o‘tkazildi, sohada uzoq yillardan beri xizmat qilib kelayotgan hamda faol xodimlar mukofotlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov mamlakatda turizm rivojiga o‘z hissasini qo‘shayotgan barchani bayram bilan qutladi:
"O‘zbekistonda turizm rivojiga o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan har bir insonni Xalqaro turizm kuni bilan chin dildan qutlab, ularga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Soha vakillarining ko‘p yillar davomida turizm rivoji uchun xizmat qilishlari, yoshlarni munosib tarbiyalashlariga umid bildiraman. Tadbirkorlar va sarmoyadorlarga ko‘plab imkoniyatlar yaratilayotgan bugungi kunda mamlakat turizmini rivojlantirish yo‘lida O‘zbekistonga yanada ko‘proq sarmoya jalb qilishlariga tilakdoshman. O‘zbekistonga tashrif buyuruvchi sayyohlar oqimi yanada oshib boraversin! Hayotingiz qiziqarli sayohatlar, baxtli hodisalar va unutilmas taassurotlarga boy bo‘lsin!"
Mavzuga oid
17:13 / 27.05.2025
O‘zbekiston Rossiya fuqarolarining mamlakatga kirishini yengillashtirishi mumkin
20:39 / 23.05.2025
Shavkat Mirziyoyev maktab bitiruvchilarini tabrikladi
12:13 / 21.05.2025
O‘zbekistonliklar uchun viza olishni osonlashtirish bo‘yicha AQSh bilan muzokara o‘tkaziladi
16:40 / 14.05.2025