Senat majlisining ikkinchi kunida qaysi masalalar ko‘rib chiqilishi ma'lum qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n oltinchi yalpi majlisi o‘z ishini davom ettirmoqda.
Kun.uz muxbiri 28 sentabr kungi majlis kun tartibiga qo‘yilgan masalalar haqida xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, bugun senatorlar «O‘zbekiston Respublikasining 2018 yilgi Davlat byudjyeti xarajatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi, «Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumani va Navoiy viloyatining Konimex tumani chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida»gi hamda «O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida»gi qonunlarni ko‘rib chiqishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, Senat majlisida qishloq xo‘jaligida mehnatga oid munosabatlarni tartibga solish hamda mazkur sohadagi bandlik masalalari yuzasidan bosh vazir o‘rinbosari - Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorovga parlament so‘rovi yuborish haqida qaror ko‘rib chiqiladi. Ushbu majlisda bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov 2017-2021 yillarda O‘zbekiston aholisiga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturining ijrosi to‘g‘risida axborot berishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, Buxoro viloyati hokimining hududlarni rivojlantirish hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati haqidagi hisoboti ham tinglanadi.
Mavzuga oid
21:05 / 30.09.2024
Yuqori tezlikdagi va tezyurar poyezdlarda yo‘lovchi tashish xizmati tariflari erkinlashtiriladi
18:20 / 30.09.2024
O‘zbekiston umumiy iqtisodiyotida kreativ iqtisodiyot ulushi oshiriladi
08:52 / 28.09.2024
Senatning navbatdagi yalpi majlisi 30 sentabr kuni chaqiriladi
16:47 / 26.09.2024