Sport | 16:23 / 29.09.2018
5636
2 daqiqa o‘qiladi

Son Hyon Min: «Osiyo o‘yinlariga harbiy xizmatdan qutulib qolish uchun borganim yo‘q»

Janubiy Koreya terma jamoasi va «Tottenhem» klubi hujumchisi Son Hyon Min agar olimpiya terma jamoasi safida Indoneziyadagi Osiyo o‘yinlarida g‘olib chiqmaganida harbiy xizmatga kelishga tayyor bo‘lgani haqida aytib o‘tdi. Uning so‘zlarini Sky Sports e'lon qilgan.

«Ba'zi o‘yinchilar harbiy xizmatda bo‘lib qaytgach, yana sport bilan shug‘ullana boshlashadi. Ammo men bunday qilishni istamayotgan edim. Men futbol o‘ynashni, g‘alaba qozonishni va o‘sishga erishishni xohlayman.

Armiyaga borish haqida o‘ylaganim yo‘q. Fikr-u xayolimni musobaqada g‘olib chiqish qamrab olgan edi. Maqsadim harbiy xizmatdan qutulish bo‘lmagan. Albatta, men armiya xizmatiga tayyor edim – chunki tanlov imkoniyatim bo‘lmasdi. Ammo endi bu haqida o‘ylashni istamayman. Bor e'tiborimni futbolga qaratishim kerak», - deya ta'kidladi Son Hyon Min.

Hujumchining qo‘shimcha qilishicha, «Janubiy Koreya uchun bu [Osiyo o‘yinlaridagi] sovrin ko‘p narsani anglatardi, sababi hali kech qaysi jamoa bu musobaqada ketma-ket ikki marta g‘olib chiqa olmagan».

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta 26 yoshli futbolchiga «Bavariya»dan qiziqish bo‘layotgani haqida xabar qilingan edi.

Mavzuga oid