AQSh Rossiyaning dengizdan qamal qilinishi mumkinligini aytdi
AQSh zarurat bo‘lganda Rossiyaning Yaqin Sharq davlatlariga energiya tashuvchilarni yetkazishiga to‘sqinlik qilish maqsadida uni dengizdan qamal qilishi mumkin. Bunday fikrni AQSh ichki ishlar vaziri Rayan Zinke Pittsburgdagi sanoat tadbirida aytib o‘tdi.
“Bizda harbiy-dengiz kuchlarimiz evaziga dengiz aloqa yo‘llari ochiq qolishini kafolatlash va Rossiya energiya tashuvchilari bozorga tushmasligi uchun ularni zarurat bo‘lganda to‘sishga imkoniyat bor”, deb aytgan Zinke.
Zinke Rossiya iqtisodiyoti uchun yagona daromad manbai energiya tashuvchilarni sotish hisoblanishini aytgan. Uning ta'kidlashicha, Rossiya Yaqin Sharqda o‘z nefti va gazini Yevropada sotayotgandek sotish uchun u yerda faol siyosat olib bormoqda.
Zinkening aytishicha, Eron bilan bog‘liq vaziyat Rossiya bilan bog‘liq vaziyat kabidir va bu masalalarni hal qilishning ikki varianti bor.
“Harbiy variant bor, men uni qo‘llashni istamasdim. Shuningdek, iqtisodiy variant mavjud, u bosim o‘tkazish va bozordan energiya resurslarni siqib chiqarishdan iborat. Biz buni qila olamiz, chunki AQSh eng yirik neft va gaz ishlab chiqaruvchi davlatdir”, deb o‘z so‘zlarini intiholagan Zinke.
Mavzuga oid
23:52 / 26.11.2024
AQShda klinik o‘limdan omon qolgan erkak vaqt o‘tib jinoyatchiga aylandi
19:07 / 26.11.2024
Ukraina armiyasiga yollangan britaniyalik Rossiyada asirlikka tushdi
18:19 / 26.11.2024
Boeing AQSh Harbiy-havo kuchlaridan 2,4 mlrd dollarlik buyurtma oldi
18:06 / 26.11.2024