Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziyada qora kun. Qurbonlar soni 420 nafarga yetdi
Indoneziyaning Palu shahrida ro‘y bergan kuchli zilzila oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 420 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda mahalliy Kompas telekanali Tabiiy ofatlar bilan kurashish bo‘yicha milliy agentlik (BNPB) ma'lumotiga asoslangan holda xabar bermoqda.
Oxirgi xabarlarda qurbonlar soni 384 kishi ekani, yana 540dan ortiq kishi jabrlangani aytilgandi.
Manbaning aytishicha, hozirda faqat Palu shahridagi talofatlar ma'lum. Telekanalda aytilishicha, yetib borish qiyin bo‘lgan hududlarda yana qurbonlar bo‘lishi mumkin.
Juma kuni Sulavesi oroli qirg‘og‘iga yaqin joyda 6,1 balli zilzila qayd etildi. Keyinroq Palu shahriga sunami yopirildi. Buning ortidan hududda 7,4 balli zilzila va aftershoklar bo‘lib o‘tdi. OAV ma'lumotiga ko‘ra, Paluga 2 metrlik balandlikdagi sunami yopirilgan.
Mavzuga oid
18:24 / 20.05.2025
Indoneziyada vulqon otildi, kul ustuni 5,5 km ga yetdi
20:51 / 12.05.2025
Indoneziyada eski o‘q-dorilarni utilizatsiya qilish vaqtida 13 kishi halok bo‘ldi
23:18 / 02.05.2025
Balida blekaut yuzaga keldi
22:01 / 23.04.2025