Mayk Tayson: Nochorlar orasidan eng yaxshi bokschilar chiqqan

Foto: RIA Novosti
Amerikalik sobiq bokschi Mayk Tayson Hindistonning Mumbay shahriga tashrif buyurib, u yerdagi nochor hayotga izoh bergan. Bu haqda Economic Times nashri ma'lum qildi.
“O‘ylashimcha, qanchalik kambag‘al bo‘lsang, shuncha yaxshi boks tushasan. Eng muvaffaqiyatli jangchilar xarobalardan chiqqan. Nochor bokschilar katta natijalarga erishishadi”, deb aytgan 52 yoshli Tayson.
Tayson Hindistonga aralash yakkakurash (MMA) musobaqasi Kumite 1 League ochilishiga kelgan. Sobiq bokschi jurnalistlar bilan muloqot vaqtida faoliyati boshida tanlov bo‘lganda MMA bilan shug‘ullanmagan bo‘lishini aytgan.
“MMA’da juda kam haq to‘lanadi, men esa har doim pul ortidan borganman”, deb ta'kidlab o‘tgan Tayson.
Bokschi professional faoliyatini 2005 yilda yakunlagan. Tayson og‘ir vazn toifasida 1987 yildan 1990 yilgacha mutlaq jahon chempioni hisoblanadi. U 58 ta jang o‘tkazib, 50 ta g‘alabaga erishgan. “Temir Mayk” og‘ir vazn toifasida chempion bo‘lgan tarixdagi eng yosh bokschi hisoblanadi. U bu natijaga erishganda 20 yil 4 oy va 22 kunlik yoshda bo‘lgan.
Mavzuga oid

21:32 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi

22:08 / 20.05.2025
Hindistonda may boshidan beri 8 kishi yo‘lbarslar hujumi qurboniga aylandi

00:15 / 20.05.2025
Hindistonda Pokiston foydasiga josuslik qilishda gumonlangan 9 kishi ushlandi

19:31 / 18.05.2025