Avtomashinani olib qochgan shaxs maktab o‘quvchisi ekani ma'lum bo‘ldi
Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanida shu yil 29 sentabr kuni noma'lum shaxs Bog‘aro mahallasi hududida qarovsiz qoldirilgan R.I.ga tegishli “Kobalt” avtomashinasini haydab qochgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, olib borilgan qidiruv ishlari natijasida avtomashina “Xalqobod” MFY hududidan texnik soz holda topilgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Boymoqli mahallasida yashovchi 14-sonli o‘rta maktabning 10-sinf o‘quvchisi J.G. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.
Tergov davom etmoqda.
Mavzuga oid

17:21 / 05.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti

08:38 / 05.04.2025
Jinoyat sodir etib, qochib yurgan o‘zbekistonlik Rossiyada ushlandi

14:38 / 01.04.2025
Osiyodagi eng chuqur g‘or joylashgan qishloq – Dehibolo | Manzil

09:16 / 20.03.2025