Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bolalar nafaqasi va moddiy yordamni vaqtincha hisobga olish joyi bo‘yicha “mahalladan” olish mumkin bo‘ladi
Kam ta'minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida nizomga tegishli tuzatishlarni Adliya vazirligi ishlab chiqmoqda. Bu haqda Norma yozmoqda.
Eslatib o‘tamiz, yuqorida ko‘rsatilgan Nizom fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan:
• 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa;
• bola 2 yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha nafaqa;
• kam ta'minlangan oilalarga moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibini tartibga soladi.
Bunda ishlayotgan onalarga bola 2 yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha nafaqa mahallalar orqali tayinlanadi, basharti ular byudjyet sohasida ishlasalar. Qolgan xodimlarga mazkur nafaqalarni korxonalar o‘z mablag‘laridan to‘laydi.
Ariza beruvchining muhtojligi darajasi nafaqalar va moddiy yordam tayinlash uchun asosiy mezon hisoblanadi. Uni aniqlash va to‘lash (yoki to‘lashni rad etish) to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun mahallada 12 oy muddatga kamida 5 kishidan iborat maxsus komissiya tashkil etiladi.
Nizomning 12-bandiga asosan bolali oilalarga nafaqa va moddiy yordam ariza beruvchining doimiy yashash (ro‘yxatdan o‘tish) joyi bo‘yicha fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan tayinlanadi. Agar tuzatishlar tasdiqlansa, keltirilgan ijtimoiy yordam turlarini vaqtincha yashash yoki hisobga olish joyi bo‘yicha olish mumkin bo‘ladi.
“Inson huquqlari bo‘yicha onlayn murojaatlar” aksiyasi chog‘ida fuqarolardan tushgan takliflarni o‘rganish natijasida bunday o‘zgartirishlar tashabbusi bilan chiqildi.
Loyiha hozircha jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilmagan. QHTBT portalida loyiha e'lon qilinganidan keyin mazkur sharh to‘ldirilishi yoki unga tuzatish kiritilish mumkin.
Mavzuga oid
19:20 / 25.04.2025
Qibrayda ichimlik suvi quvuri ustidan ariq tortilmoqda
09:56 / 22.01.2025
Kriminogen vaziyat og‘ir mahallalar bilan yangicha ishlash mexanizmi joriy etiladi
14:28 / 14.01.2025
Mahalla raislarining vakolat muddati 3 yildan 5 yilga uzaytiriladi
15:16 / 03.01.2025