Gulnora Karimovaning qizi Londonga uchib ketdi
Gulnora Karimovaning qizi va O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimovning nabirasi Imon Karimova 28 sentabr kuni Toshkentdan Londonga uchib ketdi.
Joriy yilning 28 sentabr kuni Imon Karimova Toshkent-London yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilgan «O‘zbekiston havo yo‘llari»ning HY201 reysiga o‘tirish taloni tasvirlangan suratni Instagram’dagi sahifasida e'lon qilgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning yozida O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Gulnora Karimova ishining ba'zi jihatlarini ochiqlagan edi. Ma'lum bo‘lishicha, u 2015 yilning avgustida qator moliyaviy jinoyatlarda aybdor deb topilgan va 5 yilga shartli ravishda ozodlikdan mahrum etilgan.
«Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudining 2015 yil 21 avgustdagi hukmi bilan Karimova o‘zi ayblangan jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topildi va unga besh yilga ozodlikni cheklash tarzidagi jazo belgilangan», - deyilgandi Bosh prokuratura xabarida.
Mavzuga oid
21:06 / 28.09.2023
Shveytsariyada Gulnora Karimovaga nisbatan ayblov xulosasi sudga topshirildi
19:07 / 18.09.2023
Gulnora Karimovaning qaytarilgan boyliklari O‘zbekistonda bolalar o‘limini kamaytirishga yo‘naltiriladi
09:42 / 09.08.2023
Britaniya hukumati Gulnora Karimovaning 20 mln funtlik mulklarini nazoratga oldi
22:04 / 13.03.2023