Jahon | 23:41 / 01.10.2018
41719
2 daqiqa o‘qiladi

Internetda xitoylik maktab o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan masala mashhur bo‘lmoqda

Internetda Xitoydagi boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan matematika masalasi mashhurlashmoqda. Uning videosini MindYourDecisions YouTube kanali e'­lon qildi.

O‘quvchilarga (va tomoshabinlarga) stolning balandligini hisoblab topish vazifasi beriladi. Bu holda stol ostida turgan toshbaqaning boshidan stol ustida turgan mushukning boshigacha bo‘lgan masofa 170 santimetrni tashkil etadi. Stol ostiga tushirilgan mushukning boshidan to stol ustidagi toshbaqaning boshigacha bo‘lgan masofa esa 130 santimetrga teng.

Video muallifi masalani yechishning ikki usuli haqida hikoya qiladi. Birinchisi — tenglama tuzib, «mushuk» va «toshbaqa»larni qisqartirish. Ikkinchisi — farazan ikki stolni ustma ust joylashtirib, yana jonivorlarni «qisqartirish». Shunday qilib stolning haqiqiy balandligini topish mumkin va bu 150 santimetrga teng bo‘ladi.

Videoni 200 ming martadan ortiq tomosha qilishgan va unga yuzlab sharhlar yozishgan.

Mavzuga oid