Jahon | 21:02 / 01.10.2018
6150
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvada sentabr oyi 80 yil davomidagi eng issig‘i bo‘ldi 

Foto: RIA Novosti / Mixail Voskresenskiy

O‘tgan sentabr oyi Moskvada anomal issiqlik bo‘yicha 1938 yildan keyingi ikkinchisi bo‘ldi. Joriy sentabrda o‘rtacha havo harorati 3,6 daraja issiqlikni tashkil qilgan. 1938 yilda bu ko‘rsatkich 3,8 foizni tashkil qilgan.

Ta'kidlanishicha, sentabrda yog‘ingarchilik me'yoridan biroz ko‘proq bo‘lgan. O‘tgan oyda eng minimal harorat 30 sentabrda qayd qilinib, minus 0,4 daraja bo‘lgan, maksimal harorat esa 5 sentabrda qayd qilingan va 26,4 daraja issiqni tashkil qilgan. 

Ta'kidlanishicha, Moskvada sentabrda issiq havo me'yordagidan ko‘proq bo‘lib turib, so‘ngra keskin sovuq tushgan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid