Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATO bosh kotibi Makedoniyadagi siyosiy rahbarlar va partiyalarga chaqiriq bilan chiqdi
NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg Makedoniyaning nomini o‘zgartirish bo‘yicha referendum natijalariga baho berdi, deya xabar qilmoqda RIA Novosti.
Makedoniya nomini o‘zgartirish bo‘yicha referendumda mamlakat fuqarolarining 90%dan ortig‘i ushbu qarorni qo‘llab-quvvatladi, ammo saylovda ishtirok etish darajasi taxminan 35%ni tashkil etdi - mamlakat qonunlariga ko‘ra, bunday ko‘rsatkich natijalari rasman ravishda tan olish uchun yetarli emas.
Stoltenbergning ta'kidlashicha, Makedoniya uchun «NATO eshiklari ochiq», ammo milliy jarayonlarni oxiriga yetkazib qo‘yish kerak.
«Men referendumda «ha» deb ovoz berilganini ma'qullayman. Barcha siyosiy rahbarlar va partiyalarni ushbu tarixiy imkoniyatdan foydalanish uchun konstruktiv hamda mas'uliyatli harakat qilishga chaqiraman», - deya qayd etib o‘tdi u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq kichik Jorj Bush Makedoniya fuqarolariga chaqiriq bilan chiqqandi.
Mavzuga oid
14:05 / 16.05.2025
Bloomberg: AQSh Rossiya-NATO kengashini qayta tiklashni taklif qildi
20:12 / 14.05.2025
AQSh Zelenskiyning NATO sammitiga taklif etilishiga qarshi - ANSA
21:39 / 28.04.2025
Rossiya Yevropa bilan chegaradagi harbiy qismlarini kengaytirmoqda
08:40 / 16.04.2025