O‘zbekiston | 22:31 / 01.10.2018
16751
2 daqiqa o‘qiladi

Video: Toshkentda otliqlar paradi tashkil etildi

1 oktabr kuni Toshkent shahrida joylashgan Amir Temur xiyoboni va markaziy ko‘chalari bo‘ylab otliqlar paradi bo‘lib o‘tdi. Otliqlar marshi o‘qituvchi va murabbiylar bayrami munosabati bilan tashkil etildi.

Paradda O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari, Ichki ishlar vazirligi qoshidagi patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash Bosh boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiya otliq eskadroni xodimlari, shuningdek, respublikaning ot sporti yo‘nalishlari bo‘yicha terma jamoalarning yetakchi sportchilari ishtirok etishdi. Ular tantanali xizmat va sport kiyimlarida, O‘zbekiston bayrog‘ini baland ko‘targan holda Toshkentning markaziy ko‘chalari bo‘ylab yurishdi.

Ushbu paradni O‘zbekiston fuqarolari va xorijlik sayyohlar mamnuniyat bilan qabul qilishdi. Ayniqsa, yosh bolalarga ajoyib zavq va quvonch bag‘ishladi.

Bu safargi paradda 50 ga yaqin zotdor ot ishtirok etdi. Otliqlar marshi O‘zbekistonda ikkinchi bor tashkil etilishi. Joriy yilning 7 iyul sanasida ham xuddi shunday otliqlar paradi tashkil etilgan edi. Unda 80 ga yaqin zotdor ot ishtirok etgandi.

Bundan ko‘zlangan maqsad respublikaning ot sporti sohasini ko‘rsatib berish, jamoatchilikning e'tiborini ot sporti turlariga qaratish, o‘sib kelayotgan avlod orasida ot sportini ommalashtirishga harakat qilishdir.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid