Jahon | 00:18 / 02.10.2018
6889
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda smartfonlar va internet bozori o‘sishdan to‘xtadi

Foto: Oleg Sabitov

AQShda smartfonlar va internet bozori o‘sishdan to‘xtadi, chunki ikki yil ichida mobil qurilmalar va internet foydalanuvchilar haqidagi ma'lumotlar o‘zgarmagan. Bu esa ushbu tarmoq o‘z cho‘qqisiga yetganini anglatadi, deb aytilgan Pew Research Center tahliliy kompaniyasi o‘tkazgan tadqdiqotda.

2018 yil yozida o‘tkazilgan tadqiqot 18 yoshdan 49 yoshgacha bo‘lgan 99 foiz amerikaliklar smartfonga egaligi, internet provayderlardan birining mijozi, 69 foizi esa ijtimoiy tarmoqlarda akkauntga egaligini ko‘rsatgan. 2016 yilda ham ushbu ko‘rsatkichlar shunday bo‘lgan.

Biroq turg‘unlik o‘sish uchun hudud tugagagani anglatmaydi. Biroq smartfonlar va internet bozorini rivojlantirish uchun chuqurroq ijtimoiy qarorlar talab etiladi: qurilmalar narxini pasaytirish va tarmoqlarning qoplash hududlarini qishloq xo‘jaligi joylari va uzoq aholi punktlariga kengaytirish lozim.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid