Jahon | 15:08 / 02.10.2018
18939
1 daqiqa o‘qiladi

Biznes uchun eng qimmat shaharlar ma'lum qilindi

Foto: Shutterstock

2018 yilning kuziga kelib, Gonkong dunyoda kompaniyalar uchun xodimlarni joylashtirish bo‘yicha eng qimmat shaharga aylandi. Bundan Savills kompaniyasining materiallari darak bermoqda.

Tahlilchilarning ma'lumotiga ko‘ra, Xitoy ishbilarmonlar markazida bir xodim uchun uy-joy va ofis xonasini ijaraga olishning o‘rtacha qiymati yiliga 112,4 ming dollarga yetdi. Reytingda ikkinchi o‘rinni Nyu-York egalladi, bu yerda yuqoridagi ko‘rsatkich 108.2 ming AQSh dollariga teng, uchinchi - London (96 ming dollar). 

Shuningdek, biznes uchun eng qimmat megapolislar o‘ntaligiga Tokio, Amsterdam, San-Frantsisko, Dubay, Dublin, Parij va Pekin ham kiritildi.

Umuman olganda, so‘nggi 12 oy mobaynida jahonning to‘qqizta yirik biznes markazida ishchilar uchun xarajatlar qiymati kamaydi, 24tasida oshdi. Eng katta o‘sish Xitoyning Tyantszinida (+15 foiz), eng katta pasayishi - Rio-de-Janeyro (9,5 foiz).

 

Mavzuga oid