Jahon | 23:40 / 02.10.2018
11520
1 daqiqa o‘qiladi

Hindiston Rossiyadan 5 mlrd dollarlik S-400 tizimlarini sotib olishga qaror qildi 

Foto: Rossiya mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Kreml Rossiya va Hindiston S-400 tizimlarining yetkazilib berilishi bo‘yicha shartnomani imzolash haqida kelishib olishganini rasman tasdiqladi. Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakovning aytishicha, hujjat Vladimir Putinning Hindistonga safari vaqtida imzolanadi.

Ushakovning ma'lum qilishicha, bu kelishuv qiymati 5 mlrd dollardan ko‘proqni tashkil qiladi. 

Ma'lum qilinishicha, Hindiston shartnoma summasining 15 foizini oldindan to‘laydi, qolgan qismi esa tizimlar yetkazilib berilishi muddatlari bilan bog‘liq bo‘ladi. 

Hindistonga S-400’ning 5 ta polkini yetkazib berishga tayyorgarlik ko‘rilayotgani may oyida ma'lum qilingan. 

S-400 eskporti AQShning noroziligini keltirib chiqarmoqda: Vashington Rossiya quroli xaridorlari sanksiyalar ostiga tushishishi mumkinligidan ogohlantirib keladi. S-400’ni olgan ilk xorijiy davlat Xitoy bo‘ldi. 2018 yilda Xitoy tizimlarni olgach, Vashington Pekinga qarshi sanksiyalar joriy qilinishini e'lon qildi.   

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid