Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iste'folar to‘lqini – Rossiyada qator gubernatorlar lavozimidan ketdi
Lipetsk oblasti gubernatori Oleg Korolev «yoshlarga yo‘l berish maqsadida» iste'foga chiqishini ma'lum qildi. U bu haqda oblast ma'muriyati saytida e'lon qilingan murojaatida aytdi.
«Bizning avlod murakkab to‘qsoninchi yillarda Lipetsk oblasti va mamlakatni qutqarishiga to‘g‘ri keldi va buni muvaffaqiyatli amalga oshirdik. Oldinda ko‘plab yangi ishlar kutib turibdi. Bu yoshlarning ishi. Yoshlarga yo‘l berish payti keldi», — deyiladi uning murojaatida.
Xabar qilinishicha, u 1 oktabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putinga boshqa ishga o‘tishni istab ariza topshirgan.
Uning o‘rniga Igor Artamonov gubernatorlik vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangan. Shuningdek, Kurgan oblasti gubernatori o‘rniga Vadim Shumkov vaqtinchalik bajaruvchi etib tayinlangan.
Bu Rossiyada keyingi kunlarda yuz berayotgan birinchi iste'fo emas. Gubernatorlarning iste'foga chiqishlari 26 sentabrda boshlandi. O‘sha kuni Kabarda-Balkariya va Astraxan oblasti rahbarlari Yuriy Kokov va Aleksandr Jilkin iste'foga chiqarildi. Saxalin oblasti gubernatori Oleg Kojyemyako esa lavozimidan ozod etilgan Primore gubernatori Andrey Tarasenko o‘rniga keldi.
RBK o‘z manbalariga tayanib xabar berishicha, Kursk va Zabaykale gubernatorlari Aleksandr Mixaylov va Natalya Jdanovalar ham iste'foga chiqishlari haqida ariza bergan.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025