Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pora bilan ushlangan deputat muqaddam jinoiy javobgarlikka tortilgani ma'lum bo‘ldi
Joriy yilning 22 sentabr kuni Xalq deputatlari Namangan viloyat kengashi deputati Olimjon To‘xtanazarov Chust shahri markazida arizachidan 500 AQSh dollarini olgan vaqtda, ashyoviy dalil bilan ushlangandi.
Bosh prokuratura matbuot xizmatining Kun.uz’ga xabar berishicha, 1969 yilda Namangan viloyati Pop tumanida tug‘ilgan Olimjon To‘xtanazarov bundan avval ham jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Foto: Ijtimoiy tarmoq
Ma'lum bo‘lishicha, 2015 yilda u fuqaro K.Safoyevadan firibgarlik yo‘li bilan 1000 AQSh dollari olayotgan vaqtda ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan viloyati prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyat ishi tomonlarning o‘zaro yarashuvi asosida tugatilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq qo‘lga olingan deputat nega pora talab qilganini aytgandi.
«Bu ayolning ishonchiga kirib turib, o‘sha pulni olib, o‘zimning oilaviy ehtiyojimga ishlatmoqchi edim. Chin ko‘ngildan pushaymonman», - degan u.
Olimjon To‘xtanazarov O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi a'zosi, Xalq deputatlari Namangan viloyat kengashi deputati, O‘zMTRK tarkibidagi kanallardan birida rejissyor bo‘lib ishlagan. Ushbu deputat ijtimoiy tarmoqlarda faol bo‘lib, jamiyat hayotidagi muammolar bo‘yicha, xususan, korrupsiya masalasida o‘zining fikrlarini bildirib kelardi.
Mavzuga oid
11:18 / 23.03.2025
«Chunki puli tugaydi» - Alisher Qodirov saylovdan keyin partiyalar jim bo‘lib qolishi haqida
15:25 / 13.01.2025
Faol deputatlar milliy kadrlar zaxirasiga kiritiladi
17:50 / 19.12.2024
Abxaziya parlamenti oldida otishma yuz berdi. Bir deputat halok bo‘ldi
19:57 / 22.11.2024