O‘zbekiston | 00:13 / 02.10.2018
4207
2 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Hindistonning BMT Xavfsizlik Kengashi doimiy a'zosi bo‘lish istagini qo‘llab-quvvatladi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindistonning BMT Xavfsizlik Kengashi doimiy a'zosi bo‘lishga intilishini qo‘llab-quvvatladi. 

"Hindiston bilan strategik hamkorlikni mustahkamlash O‘zbekiston tashqi siyosatidagi eng ustuvor jihatlardan biridir. Dunyoning eng yirik davlatlaridan biri bo‘lgan Hindiston global muammolarni hal qilishda faol ishtirok etadi. Shuni hisobga olgan holda, O‘zbekiston Hindistonning BMT Xavfsizlik Kengashiga doimiy a'zo sifatida kirishini qo‘llab-quvvatlashini tasdiqlaydi", - dedi Mirziyoyev Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bilan muzokaralar yakuniga ko‘ra. 

Mirziyoyevning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralar davomida ikki tomonlama hamkorlikning turli jihatlari muhokama qilingan, shuningdek Afg‘oniston muammosiga alohida e'tibor qaratilgan, savdo va investitsion hamkorlik masalalarini tahlil qilingan.

"So‘nggi yillarda O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi tovar aylanmasi taxminan 300 million dollarni tashkil qilmoqda. Tan olib aytish kerakkki, uning hozirgi darajasi mamlakatlarimiz salohiyatiga muvofiq emas. Shu munosabat bilan biz o‘zaro tovar ayirboshlashni kamida 2-3 baravarga oshirish imkoniga ekanimizni qayd etdik. Bu juda yuqori maqsad va biz bunga albatta erishamiz", - deya ta'kidladi Mirziyoyev.

Ta'kidlash joizki, sentabr oyi oxirida Braziliya, Germaniya, Hindiston va Yaponiya tashqi siyosiy idoralari rahbarlari BMT Xavfsizlik Kengashini qayta isloh qilish, shu jumladan uning doimiy va doimiy bo‘lmagan a'zolari tarkibini kengaytirish zaruratiga doir qo‘shma bayonot bilan ishtirok etishgandi.

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid