Jahon | 21:02 / 02.10.2018
6640
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiya ishtirokisiz mintaqadagi har qanday tashabbus muvaffaqiyatsizlikka uchraydi – Erdo‘g‘an 

Foto: Anado‘lu

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Adolat va taraqqiyot partiyasining parlamentdagi fraksiyasi yig‘ilishida Turkiya Suriyada xato qadamlar qilmagani, shuni inobatga olgan holda Idlibdagi tashabbuslar ham muvaffaqiyatli bo‘lishiga ishonchi komilligini aytgan.  

Uning aytishicha, Istanbulda yaqin kunlarda Turkiya, Rossiya, Fransiya va Germaniya ishtirokida Suriya bo‘yicha 4 tomonlama sammit bo‘lib o‘tadi. Bu sammitda Suriya bo‘yicha keyingi qadamlar belgilab olinadi.   

Erdo‘g‘anning ta'kidlashicha, Turkiya ishtirokisiz mintaqadagi har qanday tashabbus muvaffaqiyatsizlikka uchraydi va shu gap Kipr hamda Egey dengizi mintaqasidagi jarayonlarga ham taalluqli. 

Turkiya prezidentining aytishicha, Anqaraning mintaqadagi rolini inkor qilish va Turkiya manfaatlariga zid harakat qilish mumkin, deb o‘ylaydigan doiralar yaqin orada bu siyosatning kaltabinligini anglab oladilar. Anqara boshqa davlatlar siyosatiga aralashish istagida emas va Turkiya manfaatlariga ziyon yetishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Erdo‘g‘an o‘z nutqida AQShning Suriya bo‘yicha pozitsiyasini tanqid qilgan. Turkiya prezidenti shu bilan bog‘liq holda Pentagon Suriyadagi kurd kuchlariga 19 mingta yuk mashina qurol-aslaha va o‘q-dori yetkazib berganini eslatib o‘tgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid