Jahon | 23:08 / 03.10.2018
5364
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Eron bilan do‘stlik haqidagi 1955 yildagi kelishuvdan chiqadigan bo‘ldi

Foto: REUTERS/Darren Ornitz

AQSh Eron bilan 1955 yilda tuzilgan Eron bilan do‘stlik haqidagi kelishuv amal qilishini to‘xtatmoqda. Bu haqda AQSh bosh kotibi Mayk Pompeo ma'lum qilgan.

1955 yildagi kelishuv ikki davlat o‘rtasidagi savdo aloqalarini yaxshilashga qaratilgan bo‘lgan. 

Pompeo BMTning xalqaro sudi Eronning AQShga qarshi da'vo arizasini ko‘rib chiqishga vakolatlarga ega emasligini tan olmaganidan afsus bildirgan. Avvalroq xalqaro sud Eronning da'vosi bo‘yicha dastlabki qarorni qabul qilgan. Unga ko‘ra, AQSh Eronga qarshi sanksiyalar qatoridan gumanitar yordam va fuqarolik aviatsiyasi bilan bog‘liq tovarlarni chiqarishi kerak. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid