Jahon | 15:40 / 03.10.2018
12265
1 daqiqa o‘qiladi

Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti laureatlari e'lon qilindi

Foto: EPA

2018 yilgi kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti Frensis Arnold, Jorj Smit va Gregori Vinterga berildi.

Ular mukofotni fermentlar evolyutsiyasi va peptidlar hamda antijismlarni aks ettirish sohasidagi tadqiqotlar uchun qo‘lga kiritishdi. 

Bu haqda Shvetsiya Qirollik fanlar akademiyasining kimyo bo‘yicha Nobel qo‘mitasi e'lon qildi.

Eslatib o‘tamiz, fizika bo‘yicha Nobel mukofoti lazer fizikasi sohasidagi kashfiyotlar uchun berilgandi.

Undan avval  tibbiyot bo‘yicha bu yilgi Nobel mukofoti saratonga qarshi kurashgan olimlarga berilgani xabar qilingandi. 

Mavzuga oid