Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Klinton «Rossiya aralashuvi»ni 11 sentabr teraktlari bilan taqqosladi
AQShning prezidentligiga sobiq nomzod Xillari Klinton Rossiyaning AQShdagi 2016 yilgi saylovlarga aralashuvini 2001 yil 11 sentabr teraktlari bilan taqqosladi. Bu haqda The Washington Post yozmoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, har ikki holatda ham «xorijiy davlat Amerika Qo‘shma Shtatlariga hujum qildi, ammo ikkinchi holatda prezident hech narsa qilmadi. Bu 11 sentabrdan so‘ng kichik Jorj Bush: «Menda bu haqda tashvishlanishga vaqt yo‘q. Bu dahshatli bo‘ldi. Biz qayg‘udamiz. Biz Nyu-York va Pentagonni qayta tiklaymiz, ammo bundan tashvish tortmaymiz», degani bilan bir xil bo‘ldi. Hozir hamma narsa shunga aylanib bormoqda», - dedi sobiq davlat kotibi.
2001 yil 11 sentabrda Qo‘shma Shtatlarda zamonaviy tarixdagi eng yirik terakt ro‘y berdi. Nyu-Yorkdagi Jahon savdo markazi minoralariga ikkita yo‘lovchi samolyoti kelib urildi, uchinchisi Pentagon binosiga quladi va yana biri Pensilvaniya shtatidagi Shanksvill shahri yaqinida qulab tushdi. Natijada, 19 terrorchini hisoblamaganda, taxminan uch mingga yaqin kishi halok bo‘ldi, to‘rt mingdan ortiq kishi jarohat oldi. O‘shandan beri Qo‘shma Shtatlarda favqulodda holat rejimi har yili uzaytiriladi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
15:12 / 26.05.2026
Narkojinoyatda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025