Skripal Rossiyada juda yuqori darajadagi korrupsiya sxemasi haqida gapirdi

Foto: Globallookpress
Zaharli modda yordamida o‘ldirilmoqchi bo‘lingan GRU sobiq xodimi Sergey Skripal Britaniya razvedkasiga 1990-yillardagi korrupsiya sxemasi haqida ma'lumot bergan, unda FXX sobiq rahbari, Rossiya Xavfsizlik kengashining hozirgi kotibi Nikolay Patrushev haqida so‘z yuritilgan. Bu haqda «Bi-bi-si» jurnalisti Mark Urbanning kitobida aytiladi, deb xabar qilmoqda New York Times.
Skripalning o‘tgan yil Urban bilan suhbatda ma'lum qilishicha, Rossiya hukumatidagi juda yuqori mansabdor shaxslar o‘rtasidagi korrupsiya holatlari bo‘yicha ma'lumotlar «juda jiddiy» bo‘lgan. Sobiq josusning bildirishicha, dengiz zobitlaridan biri Rossiya tashqi razvedkasiga ishlagan va, xuddi o‘zi kabi, G‘arbga ma'lumot berish chog‘ida ushlangan. 2004 yilda, Rossiya maxsus xizmatlari tomonidan so‘roq qilingandan so‘ng, zobit harbiy gospitalda o‘lik holda topilgan. Rasmiy ravishda uning o‘limi o‘z joniga qasd qilish, deb aytilgan, ammo uning qo‘lida bir necha barmoqlari bo‘lmagan, deyiladi kitobda. Britaniya razvedka xizmatlarining fikricha, Skripal shunday taqdirdan qochishga muvaffaq bo‘ldi, sababi so‘roqlarda Patrushevga olib boradigan korrupsiya sxemasi haqida aytmagan.
Urbanning yozishicha, Skripal SSSRning parchalanishidan xafa bo‘lgan va Rossiya Federatsiyasiga xizmat qilishni xohlamagan. Ammo GRU malakali mutaxassisga muhtoj bo‘lgan, shuning uchun 1992 yilda uning iste'fosi qabul qilinmagan va Madriddagi ishga yuborilgan. To‘rt yil o‘tgach Skripal Britaniyaning MI6 razvedka xizmatiga Madriddagi GRU qarorgohida ro‘y bergan tizimli poraxo‘rlik haqida ma'lumot topshiradi. Uning so‘zlariga ko‘ra, zobitlar xarid qilingan narsalar uchun ortiqcha pul to‘lashgan va qator xarajatlarni shunchaki o‘ylab topishgan, ulush esa unvon bo‘yicha yuqori turuvchilarga berilgan.
Urbanning «Skripal ishi: rossiyalik josus hayoti va deyarli o‘limi» kitobi Qo‘shma Shtatlarda 2 oktabr, seshanba kuni chiqariladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sergey Skripal Rossiyadan bunday suiqasdni kutmagani xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Husanovning o‘yinsiz seriyasi atrofidagi savollar va javoblar
Sport | 18:17 / 04.05.2025
9 may bayrammi yoki motam? Bu kunning mazmuni qanday?
O‘zbekiston | 21:19 / 03.05.2025
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
Orzu-havas niqobini kiygan kimo‘zarga o‘ynash: hukumat to‘ylarni tartibga sola oladimi?
O‘zbekiston | 17:00 / 30.04.2025
Mavzuga oid

13:48
Yevropa Ittifoqi 2027 yil oxirida Rossiyadan barcha gaz importini taqiqlamoqchi

13:00
Shimoliy Koreya Rossiyaga 15 ming mehnat muhojirini yubordi

22:41 / 05.05.2025
Rossiyada 14 yoshli qiz tasodifan oshqoshiqni yutib yubordi

21:14 / 05.05.2025