O‘zbekiston va BAA 1 mlrd dollarlik qo‘shma investitsion jamg‘arma tashkil etdi
O‘zbekiston va BAA to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar bo‘yicha 1 mlrd dollarlik qo‘shma investitsion jamg‘arma tashkil etdi. Bu haqdagi kelishuv 3 oktabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-BAA biznes-forumi doirasida imzolandi, deb xabar berdi Kun.uz muxbiri.
Jamg‘arma O‘zbekiston iqtisodiyotining turli sohalaridagi loyihalarni moliyalashtirishga mo‘ljallangan.
O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Suhrob Xolmurodov biznes-forum ishtirokchilariga tabrik so‘zida tomonlar yaqin vaqt ichida 3 mlrd dollarlikdan ortiqroq kelishuvlar imzolashni rejalashtirganini ma'lum qildi.
«Bu chegara emas, boshlanishi. Umid qilamanki, tadbirkorlarimiz bu miqdorni sezilarli darajada oshira olishadi», – ta'kidladi u.
O‘zbekiston va BAA o‘rtasida tovar almashuv hajmi 2017 yilda 110,3 mln dollarni tashkil etdi. O‘zbekiston paxta tolasi, ipak, qishloq xo‘jalik mahsulotlari va xizmatlarini eksport qilgan bo‘lsa, BAAdan mexanik va elektr jihozlar, qahva, choy, mebel, transport vositalari, kiyim va sport jihozlari import qilindi.
Ayni paytda O‘zbekistonda Amirlik investitsiyalari ishtirokida 92 korxona faoliyat ko‘rsatmoqda.
Mavzuga oid
09:12
O‘zbekiston va BAA mudofaa sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi mumkin
17:49 / 27.09.2024
Saida Mirziyoyeva BAA bosh vaziri o‘rinbosari bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi
10:50 / 23.09.2024
BAA O‘zbekistonda DXSh loyihalarida ishtirok etishga qiziqish bildirmoqda
19:53 / 16.09.2024